locale OZ

«Manchester Yunayted» 18 yoshli Tompsonni o‘z safiga qo‘shib oldi

Transferning umumiy qiymati taxminan 9,4 million yevroni tashkil etgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» 18 yoshli Tompsonni o‘z safiga qo‘shib oldi
Фото: Manchester United

"Manchester Yunayted" Angliya yoshlar terma jamoasining 18 yoshli vingeri Taynen Tompson bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi.

Yosh futbolchi "Tottenxem" akademiyasidan "qizil iblislar" safiga ko‘chib o‘tdi.

Tompson o‘tgan mavsumda "Tottenxem"ning 18 va 21 yoshgacha bo‘lgan jamoalari safida jami 13 ta gol urib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u yoshlar ligasida yettita uchrashuvda 7 ta gol muallifi bo‘lib, o‘zining yuqori salohiyatini namoyon etdi.

Ushbu natijalar evaziga Tompson "Tottenxem" asosiy jamoasi mashg‘ulotlari va o‘yinlariga ham jalb etilgan edi.

Jurnalist Sem Tabuto ma'lumotiga ko‘ra, transferning umumiy qiymati taxminan 9,4 million yevroni tashkil etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting