locale OZ

\"Manchester United\" yozda 2 nafar yangi darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Manchester United" yozda 2 nafar yangi darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi
Photo: Getty Images

"Manchester United" rahbariyati yozgi transfer bozorida biryo'la 2 nafar yangi darvozabonni sotib olishni rejalashtirmoqda.

TalkSport jurnalisti Aleks Kruk xabar berishicha, “qizil iblislar” asosiy darvozabondan tashqari, zaxira posbonini ham o'z safiga qo'shib olishni istaydi.

Aytish kerakki, kamerunlik Andre Onananing ishonchsiz o'yinlari sabab “Nyukasl”ga qarshi bahsda ishtirok etmadi. Zaxira darvozaboni Tomas Xiton hamon shartnomasini uzaytirayotgani yo'q va yozda jamoani tark etishi mumkin. Hozirda mankunianliklar Aaron Ramsdeyl, Jion Suzuki, Bart Verbruggen va Jeyms Traffordni ham kuzatib bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting