"Manchester United" Onanaga o'rinbosar izlayapti — klub "Espanyol" darvozaboniga ko'z tikib qo'ygan


The Sun nashri ma'lumotiga ko'ra, "Manchester United" klubi asosiy darvozabon Andre Onana uchun muqobil variantlarni faol qidirmoqda. Asosiy nomzodlardan biri sifatida "Espanyol" posboni Joan Garsiya ko'rilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, angliyaliklar 23 yoshli ispaniyalik darvozabonni sotib olish uchun muzokaralarni boshlashga urinayotgan. Garsiyaning "Espanyol" bilan tuzgan shartnomasida 21 million funt (taxminan 24,6 million yevro) miqdoridagi to'lov sharti mavjud. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 20 million yevro atrofida. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
2024/25 yilgi mavsumda Joan Garsiya La Ligada 32 o'yinda maydonga tushib, ishonchli va barqaror o'yini bilan ajralib turdi. Ta'kidlash joizki, "Manchester United" joriy mavsumni omadsiz o'tkazmoqda — 33 turdan so'ng jamoa APL jadvalida 14-o'rinda bormoqda va 38 ochko to'plagan.

Futbol
Bugun da 19:39


Futbol
Bugun da 17:59