locale OZ

«Manchester United» Job Bellingemga qiziqishni qayta tikladi — TEAMtalk

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester United» Job Bellingemga qiziqishni qayta tikladi — TEAMtalk
ФОТО: Getty images

"Manchester United" Germaniyaning "Borussiya D" klubi yarim himoyachisi Job Bellingemga bo'lgan qiziqishini yana yangiladi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" o'tgan yozdayoq 20 yoshli futbolchiga qiziqish bildirgan. O'sha paytda u "Sanderlend"ga Championship pley-offi orqali Premier-ligaga chiqishda yordam bergan edi. Biroq Bellingem o'z akasi — Jude Bellingem yo'lidan borishni ma'qul ko'rib, "Real Madrid" emas, balki "Borussiya D"ni tanlagan.

Dastlab futbolchi dortmundliklar safida moslashishda qiyinchiliklarga duch keldi, ammo keyinchalik u muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lib, barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Bu esa "Manchester United"ning diqqatini yana o'ziga qaratdi — klub yarim himoya chizig'ini kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting