\"Manchester United\" Elanganing transferidan foyda oldi
Photo: Getty Images
“Nottingham Forest” vingeri Entoni Elanga “Nyukasl”ga o'tdi.
The Telegraph xabar berishicha, “Manchester United” klubi shved futbolchisining sotuvdan 6 million yevro ishlab oldi.
Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” ushbu summani Elanga 2023 yilda “Manchester United”dan “Nottingham Forest”ga o'tganda kelishuvga kiritilgan band tufayli oladi.
Elanga 2015 yildan 2023 yilgacha mankunianliklar tizimida bo'lib kelgan. “Manchester United” asosiy jamoasi safida u barcha musobaqalarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist