locale OZ

«Manchester United» Donnarummaga qiziqish bildirgani yo‘q

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester United» Donnarummaga qiziqish bildirgani yo‘q
Photo: Getty Images

“Manchester United” klubi “PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarummaga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda Give Me Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” italiyalik kiperni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani aytilgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, “MYu” boshqa posbon bilan muzokara o‘tkazmoqda.

Janluijiga faqat “Manchester City” va “Bavariya” qiziqish bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Donnarumma 2021 yildan buyon “PSJ” safida o‘ynab kelmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 161 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning 56 tasida o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting