«Manchester United» Amorim o‘rniga ikki nomzod topib qo‘ydi
Фото: Getty Images
"Manchester United" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim iste'foga chiqarilsa uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar"ning rasmiy short-listida ikki nom bor — "Kristal Pelas"ni boshqarayotgan Oliver Glasner va "Bornmut"ni boshqarayotgan Andoni Iraola.
Qayd etilishicha, hozirda Glasnerning nomzodi direktorlar kengashi tomonidan eng ko‘p muhokama qilinmoqda. Avstriyalik mutaxassis "Manchester United"ga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishidan xursand bo‘ladi.
Shuningdek, mankunianliklar Angliya terma jamoasining sobiq murabbiyi Gareth Southgate’ga qiziqish bildirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist