locale OZ

Manchester United 60 million yevro evaziga yarim himoyachini sotib olishi mumkin

Futbolchining bozor qiymati 18 million yevroga teng.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manchester United 60 million yevro evaziga yarim himoyachini sotib olishi mumkin
ФОТО: Getty images

Germaniyaning "Köln" jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Said El-Mala Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin, deb xabar beradi Bild.

19 yoshli vingerga "Manchester United" jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Jurnalistlar ma'lumotiga ko‘ra, nemis klubi o‘z futbolchisini 60 million yevroga baholagan.

Kelishuv yozgi transfer oynasida rasmiylashtirilishi mumkin. El-Mala "echkilar" bilan 2030 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma tuzgan.

Futbolchining bozor qiymati 18 million yevroga teng. Joriy mavsumda vinger 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting