«Manchester Siti»ning yangi mavsum uchun uy libosini namoyish etdi
Jamoa Puma brendidan foydalanadi.
ФОТО: Getty images
Angliyaning “Manchester Siti” klubi Puma brendi bilan hamkorlikda 2026/2027 yilgi mavsum uchun yangi uy formasini taqdim etdi.
Yangi dizayn “Siti”ning doimiy ravishda yangilikka intilishi va noodatiy yechimlarni oddiy holatga aylantira olish g‘oyasini aks ettiradi. Futbolka osmonrang gradient uslubida ishlangan: elka qismida to‘qroq rangdan boshlanib, pastga qarab tobora och tusga o‘tadi. Shuningdek, formada metall uslubidagi monoxrom logotip va homiy elementlari qo‘llangan.
Ayni paytda “shaharliklar” Angliya Premyer-ligasida 37 turdan so‘ng 78 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa chempionlikni qo‘lga kiritgan “Arsenal”dan 4 ochkoga ortda qolmoqda.


Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist