locale OZ

«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Polsha klubi bilan shartnoma imzoladi

31 yoshli futbolchi 2018 yilgi Jahon chempionatida Frantsiya milliy jamoasi bilan bosh sovrinni qo'lga kiritgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Polsha klubi bilan shartnoma imzoladi
Фото: Погонь

Frantsiya milliy jamoasi va “Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Benjamin Mendi Polshaning “Pogon” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda TVR xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ushbu xabarni klub prezidenti Aleks Xaditagi ijtimoiy tarmoqlarda tasdiqlagan.

Eslatib o'tamiz, 2021 yilning avgustida Mendi bir necha ayollarga nisbatan jinsiy zo'ravonlikda ayblanib, “Manchester Siti”ning mashg'ulotlaridan chetlatilgandi.

Shuningdek, Mendi bir muddat hibsda ham o'tirgan. 2023 yilning yozida esa undan barcha ayblovlar olib tashlangan.

Ma'lumot uchun, 31 yoshli futbolchi 2018 yilgi Jahon chempionatida Frantsiya milliy jamoasi bilan bosh sovrinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, u to'rt karra Angliya chempioni va bir karra Frantsiya chempioni hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting