locale OZ

«Manchester Siti»ning ikki darvozaboni qishda jamoani tark etmoqchi

Bu haqda Sports Male nashri xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester City”ning ikki darvozaboni qishda jamoani tark etmoqchi
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” jamoasining ikki darvozaboni Jeyms Trafford va Shtefan Ortega qishki transfer oynasida “Manchester Siti”ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sports Male nashri xabar berdi.

23 yoshli Jeyms Trafford yozgi transfer oynasida 27 million funt evaziga “Burnley”dan “Manchester Siti” safiga qo‘shilgan edi.

Ederson klubni tark etganidan so‘ng, Trafford jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lishi kutilgandi. Biroq Janluiji Donnarumma PSJdan kelishi bilan vaziyat o‘zgardi va italiyalik darvozabon barcha Premyer-liga o‘yinlarida maydonga tushishni boshladi.

Shuningdek, “Manchester Siti”ning 34 yoshli darvozaboni Shtefan Ortega ham ketish haqida o‘ylamoqda. Ortega joriy mavsumda hali birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting