locale OZ

«Manchester Siti»ni ikki nafar futbolchi tark etishi mumkin

Bu futbolchilar bosh murabbiyning rejalaridan o‘rin olmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti»ni ikki nafar futbolchi tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” klubi qishki transfer vaqtida ikki nafar futbolchi bilan xayrlashmoqchi. Bu haqda MEN nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola endi tayanch yarimhimoyachi Kelvin Fillipsni kelgusi rejalariga kiritmaydi. Klub munosib taklif tushsa, futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Shuningdek, Oskar Bobb bilan ham xayrlashishi mumkin. Qayd etilishicha, vinger so‘nggi paytlarda tez-tez jarohat olayotgani sababli jamoa uni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda, ammo to‘liq transfer bo‘yicha takliflar ham inobatga olinadi.

Bu mavsum Fillips Angliya liga kubogida bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda ishtirok etdi va maydonda 7 daqiqa harakat qildi. Bobb esa barcha musobaqalarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 assist qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting