locale OZ

“Manchester Siti”ga qanday jazo choralari qo'llanilishi ma'lum bo'ldi

“Shaharliklar” 114 ta moliyaviy qoidabuzarlik bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq yakuniy jazo hali rasman e’lon qilinmagan.
“Manchester Siti”ga qanday jazo choralari qo'llanilishi ma'lum bo'ldi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti”ga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazolardan yana biri ma’lum bo‘ldi. Angliya Premyer-ligasining sobiq yuqori lavozimli rahbarlaridan biri klub 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddat davomida har mavsum 20–25 ochkodan mahrum qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bunday jazoning maqsadi “Manchester Siti”ni Premyer-ligadan chiqarib yubormasdan, uni bir necha mavsum davomida turnir jadvalining o‘rta qismida ushlab turish bo‘lishi mumkin. Natijada klub Yevrokuboklarda ishtirok etish imkonidan mahrum bo‘ladi va bu uning daromadlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, bu hozircha rasmiy qaror emas, balki sobiq APL rahbarining ehtimoliy sanksiya haqidagi fikri hisoblanadi. “Manchester Siti” 114 ta moliyaviy qoidabuzarlik bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq yakuniy jazo hali rasman e’lon qilinmagan. Klub esa ayblovlarni rad etishda davom etmoqda va qaror ustidan shikoyat qilishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti”ga qo‘yilgan ayblovlar asosan 2009–2018-yillar oralig‘idagi moliyaviy hisobotlar, homiylik daromadlari, futbolchi va murabbiylarga to‘lovlar hamda Premyer-liga tergovi bilan hamkorlik qilish masalalariga taalluqli. Amaldagi qoidalar bo‘yicha klubga jarima, ochkolarni olib tashlash yoki hatto ligadan chiqarish kabi turli sanksiyalar qo‘llanishi mumkin, ammo hozircha aniq jazo belgilanmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting