locale OZ

«Manchester Siti»ga jazo qo‘llanilishi mumkin

2023-yilning fevral oyida APL «Manchester Siti»ga 2009–2018-yillar oralig‘idagi davr bo‘yicha 115 ta ayblov qo‘ygandi.
«Manchester Siti»ga jazo qo‘llanilishi mumkin
photo: gettyimages

«Manchester Siti»ga jazo qo‘llanilishi mumkin

2023-yilning fevral oyida APL «Manchester Siti»ga 2009–2018-yillar oralig‘idagi davr bo‘yicha 115 ta ayblov qo‘ygandi.

Klub moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etmaslik, futbolchilar va murabbiylarga to‘langan mablag‘lar haqida noto‘g‘ri ma’lumot berish, shuningdek, APLning moliyaviy qoidalarini buzishda ayblangandi.

«Manchester Siti» esa barcha ayblovlarni rad etib kelgan.

Biroq mashhur jurnalist va insayder Devid Ornshteynning xabar berishicha, mustaqil komissiya klubni 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topgan. Klub ushbu qaror ustidan apellyatsiya berishi kutilmoqda.

«Manchester Siti»ga qanday jazo berilishi hali ma’lum emas. Klubga jarima solinishi, ochkolari olib tashlanishi yoki hatto Premer-ligadan chetlatilishi mumkinligi haqida turli variantlar muhokama qilinmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting