locale OZ

«Manchester Siti» yulduzlari klubdan ketishi mumkin

Klub ehtimoliy jazo ustidan apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda.
«Manchester Siti» yulduzlari klubdan ketishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti»ning bir qator yetakchi futbolchilari klub atrofidagi noaniqliklar sabab jamoadan ketish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayrim futbolchilar yuz berayotgan voqealardan norozi va ehtimoliy sanksiyalar klubga qanday ta’sir qilishi mumkinligidan tobora ko‘proq xavotirda.

Avvalroq «Manchester Siti» 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik ayblovining 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabar berilgan edi. Klub ehtimoliy jazo ustidan apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan ehtimoliy sanksiyalar orasida jarima, ochkolarni olib tashlash va APLdan chetlatish ham bor.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting