locale OZ

“Manchester Siti” yarim himoyachisi “Nyukasl”ga o‘tishga yaqin

Transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 50 million funt atrofida bo‘lishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” yarim himoyachisi “Nyukasl”ga o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Nikolas Gonsales faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin. Klublar argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni faol davom ettirmoqda.

Manbalarga ko‘ra, “Nyukasl” 24 yoshli futbolchini sotib olish bo‘yicha “Manchester Siti” bilan kelishuvga erishishga yaqin. Transfer summasi bonuslarni hisobga olmaganda 50 million funt atrofida bo‘lishi mumkin.

Gonsales 2025-yil yanvarida “Portu”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan. U jamoa safida 2025/26-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, Gonsalesning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. “Nyukasl” futbolchini tarkibdagi markaziy yarim himoya pozitsiyasini kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting