locale OZ

“Manchester Siti” yana bir himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Shuningdek, italiyalik futbolchiga Angliyaning yana bir qancha yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” yana bir himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Brentford” himoyachisi Maykl Kayodeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Manchesterliklar 22 yoshli italiyalik futbolchining o‘yinlariga yuqori baho bermoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” Kayodening ko‘rsatayotgan o‘yinidan hayratda va moliyaviy muammolarga qaramay, uni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Biroq “Brentford” rahbariyati himoyachini jamoaning kelajakdagi loyihasida muhim futbolchi deb hisoblamoqda va u bilan xayrlashish niyatida emas.

Shuningdek, italiyalik futbolchiga Angliyaning yana bir qancha yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, “Arsenal”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham Kayodeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Hozircha futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy kelishuvga erishilmagan.

Ma’lumot uchun, Maykl Kayode joriy mavsumda “Brentford” safida barcha musobaqalarda 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. Transfermarkt portali 22 yoshli himoyachining transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting