locale OZ

“Manchester Siti” Virts va Reynders transferlari uchun 214 million yevrodan voz kechishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Virts va Reynders transferlari uchun 214 million yevrodan voz kechishga tayyor
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” klublar o'rtasidagi Jahon chempionati oldidan “Bayer” yarim himoyachisi Florian Virts va “Milan” yarim himoyachisi Tijani Reynders uchun 180 million funt sarflashga tayyor. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, leverkuzenliklar Virtsning transferi uchun 100 million funtdan ko'proq mablag' talab qilmoqda. Shuningdek, “Milan” “Manchester Siti”ga Reyndersni sotib olish uchun 56 million funtdan ko'proq pul to'lashi kerakligini bildirgan.

Ta'kidlanishicha, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Virtsni joriy mavsum oxirida klubni tark etadigan Kevin De Bruynega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Ma'lumot uchun, Virts va Reyndersga “Manchester Siti”dan tashqari Madridning “Real” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting