locale OZ

«Manchester Siti» Vinisius uchun da'vogar

Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Vinisius uchun da'vogar
ФОТО: Getty images

“Real” hujumchisi Vinisius Junior yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi faoliyatini “Manchester Siti” safida davom ettirishi ehtimoldan xoli emas. Agar o‘yinchi “qaymoqranglilar” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortsa, “shaharliklar” uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat boshlaydi.

Joriy mavsumda Vinisius “Real” tarkibida 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting