«Manchester Siti» Vinisius Junior uchun asosiy da'vogar
Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Juniorni kelasi yozda olib ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik futbolchi yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti, shu bois uning sotilishi ehtimoli oshgan.
Joriy mavsumda Vinisius barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushdi, 21 ta gol urdi va 14 ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va bozor qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.
"Real" futbolchini ushlab qolishni xohlasa-da, ikki tomon ham kelishmovchilikka yo‘l qo‘ysa, Vinisius uchun Yevropa klublari kurashga kiradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist