locale OZ

“Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi “Aston Villa”ga 35 million yevroga o‘tmoqda

Birmingem klubi futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi “Aston Villa”ga 35 million yevroga o‘tmoqda
Foto: Getty Images

“Soutgempton” himoyachisi Teylor Harvud-Bellis faoliyatini “Aston Villa”da davom ettirishga yaqin. Birmingem klubi futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “Aston Villa” va “Soutgempton” o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan. Transfer summasi bonuslar bilan birga 35 million yevroni tashkil etadi. Harvud-Bellis yangi klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

24 yoshli himoyachi yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda. Shundan so‘ng transfer rasman yakunlanadi.

Ma’lumot uchun, Teylor Harvud-Bellis “Manchester Siti” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting