«Manchester Siti» Rodrini «Real Madrid»ga sotmoqchi emas — Skira
«Shaharliklar» 29 yoshli futbolchi boʻyicha hech qanday taklifni koʻrib chiqishni rejalashtirmayapti.
FOTO: Getty Images
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola tayanch yarimhimoyachisi Rodrini jamoaning eng muhim figuralaridan biri deb hisoblaydi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, «shaharliklar» 29 yoshli ispaniyalik futbolchi bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmoqchi emas. Garchi so‘nggi vaqtlarda Madridning «Real» klubi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan bo‘lsa-da, ingliz klubi uni sotishni mutlaqo rejalashtirmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Rodri 2019 yilning yozida Madridning «Atletiko» klubidan 70 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Tajribali xavbek joriy mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist