«Manchester Siti» Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
"Manchester Siti" yarim himoyachi Rodri bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Shunga qaramay, uning klubdagi kelajagi hozircha to'liq aniq emas.
Avvalroq Rodri "Real" (Madrid)ga o'tish imkoniyati paydo bo'lsa, uni rad etish qiyin bo'lishini aytgan edi. Biroq hozirgi vaqtda madridliklar uni transfer qilish variantini ko'rib chiqmayapti.
Shu sababli "Manchester Siti" rahbariyati tajribali yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qildi. Yangi bitimning muddati va moliyaviy shartlari hozircha oshkor qilinmagan.
Rodri 2019 yilning iyul oyidan buyon "shaharliklar" safida to'p surib kelmoqda. O'shanda "Manchester Siti" uni "Atletiko"dan 70 million yevroga o'z safiga qo'shib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, Rodri 2026 yilgi jahon chempionatining eng qimmatli futbolchisi (MVP) deb topilgan edi.