\"Manchester Siti\" Rodriga o‘rinbosar sifatida \"Barselona\" futbolchisini ko‘rib chiqmoqda
Ingliz klubi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda, ammo hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganiga oid ma'lumot yo‘q.
Foto: Getty Images
"Manchester Siti" yarim himoyachi Rodri uzoq muddat safdan chiqishi va uning kelajagi borasidagi noaniqlik fonida "Barselona" futbolchisi Mark Kasadoni asosiy nomzodlardan biri sifatida kuzatmoqda. 22 yoshli tayanch yarim himoyachisi Pep Gvardiola jamoasi uchun potensial o‘rinbosar sifatida baholanmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, "Barselona" avvalroq Kasadoni sotishga tayyor edi. Biroq Frenki de Yongning jarohati sabab klubning rejalari o‘zgargan va kataloniyaliklar futbolchini saqlab qolish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Shu sababli "Manchester Siti" uchun bu transfer oson kechmasligi mumkin. Ingliz klubi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda, ammo hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanganiga oid ma'lumot yo‘q.
Nasrullo Karimov
Jurnalist