«Manchester Siti» Rodribilan shartnomani uzaytiradi
“Manchester Siti” klubi ispaniyalik yarim himoyachi Rodriga 2029 yil yozigacha amal qiladigan yangi shartnoma taklif etishga tayyor. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli futbolchining klub bilan hozirgi shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Biroq “shaharliklar” jamoaning muhim futbolchilaridan biri hisoblangan Rodrini uzoq muddat tarkibda saqlab qolishni maqsad qilgan.
Rodri “Manchester Siti” safida 2019 yildan buyon harakat qilmoqda. O‘tgan mavsumda u atigi 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. U tizzasidan olgan jarohat sababli mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi. Transfermarkt portalining ma’lumotiga ko‘ra, Rodrining hozirgi qiymati 110 million yevroni tashkil etadi.