locale OZ

“Manchester Siti” Rodri uchun talab qilayotgan summani belgiladi

Angliya klubi 30 yoshli ispaniyalik futbolchini 60–70 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Rodri uchun talab qilayotgan summani belgiladi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes yozgi transfer oynasida “Barselona”ga o‘tishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi 30 yoshli ispaniyalik futbolchini 60–70 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Manbada qayd etilishicha, Rodri “Barselona” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Avvalroq yarim himoyachi “Real Madrid”ga o‘tish variantini rad etgani haqida ham xabarlar tarqalgan.

Shu bilan birga, “Barselona” hozircha Rodri uchun 45 million yevrodan biroz ko‘proq mablag‘ taklif qilishga tayyor ekani aytilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

O‘tgan mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting