locale OZ

“Manchester Siti” Rodri o‘rniga “Roma” yarim himoyachisini olib kelmoqchi

Angliya klubi 25 yoshli fransiyalik futbolchini yozda jamoani tark etgan Rodri va Tijjani Reynders o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.
“Manchester Siti” Rodri o‘rniga “Roma” yarim himoyachisini olib kelmoqchi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Roma” yarim himoyachisi Manu Konega qiziqish bildirmoqda. Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi 25 yoshli fransiyalik futbolchini yozda jamoani tark etgan Rodri va Tijjani Reynders o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Roma” Kone transferi uchun taxminan 60 million yevro talab qilmoqda. Bu summa “Al-Qodisiya” Reynders uchun to‘lagan mablag‘ga yaqin. Hozircha “Manchester Siti” tomonidan rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Konega boshqa Angliya klublari ham qiziqish bildirgan. Avvalroq “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham fransiyalik yarim himoyachining transfer imkoniyatini o‘rganayotgani xabar qilingan. Kone Fransiya terma jamoasi safida hozirgacha 19 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Ma’lumot uchun, Manu Kone o‘tgan mavsum “Roma” safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan. Uning Rim klubi bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi, Transfermarkt esa futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting