locale OZ

«Manchester Siti» Rodri bo‘yicha «Barcelona»ning taklifini rad etdi

Shaharliklar futbolchini kamida 75 million yevroga baholamoqda.
«Manchester Siti» Rodri bo‘yicha «Barcelona»ning taklifini rad etdi
ФОТО: Getty images

«Manchester Siti» klubi yarim himoyachi Rodri bo‘yicha «Barcelona»dan tushgan dastlabki taklifni rad etdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi uchun taxminan 45 million yevro taklif qilgan. Biroq shaharliklar futbolchini kamida 75 million yevroga baholamoqda.

Xabar qilinishicha, «Barcelona» yaqin vaqt ichida yaxshilangan taklif bilan yana muzokaralarga qaytishni rejalashtirmoqda va transferning amalga oshishiga optimistik ruhda qaramoqda. Shuningdek, Rodri shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda.

2025/2026 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida Rodri 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgani ma’lum.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting