“Manchester Siti” Reynders uchun narx belgiladi
Angliya klubi futbolchini o‘tgan yozda “Milan”dan 55 million yevro evaziga sotib olgan edi.
Foto: Getty Images
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Tijjani Reynders yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, “Nottingem Forest” 28 yoshli niderlandiyalik futbolchini yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Manbada qayd etilishicha, “Manchester Siti” Reynders bo‘yicha taxminan 70 million yevrolik takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Angliya klubi futbolchini o‘tgan yozda “Milan”dan 55 million yevro evaziga sotib olgan edi. Reynders “Manchester Siti” safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hozircha “Nottingem Forest” tomonidan rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Nasrullo Karimov
Jurnalist