locale OZ

“Manchester Siti” qiyinchilik bilan g’alaba qozondi, Husanov bir taym o’ynadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” qiyinchilik bilan g’alaba qozondi, Husanov bir taym o’ynadi
Photo: gettyimages

Angliya liga kubogi chorak final uchrashuvida “Manchester Siti” “Bornmut” mehmoni bo’ldi.

To’qnashuvning 14-daqiqasida Erling Holand penaltidan foydalana olmadi. 21-daqiqaga kelib “Bornmut” futbolchisi Evanilson raqib darvozasini ishg’ol qilish orqali uchrashuvdagi hisobni ochdi va bu natija birinchi bo’lim ohirigacha o’zgarishsiz qoldi. 37-daqiqada Abduqodir Husanov bosh hakam tomonidan ogohlantirildi. Pep Gvardiola sariq kartochka olgan Husanovni 2-taym boshida almashtirishga va hujumkorlikni yanada oshirishga qaror qildi. 49-daqiqada Holand hisobni tenglashtirgan bo’lsa, 63-daqiqada misrlik futbolchi Omar Marmush “Man.Siti”ning g’alaba golini kiritdi. E’tiborlisi Husanov o’rniga zahiradan maydonga tushgan Niko O’Rayli har ikkila golga ham uzatma amalga oshirib berdi.

“Manchester Siti” musobaqadagi yurishini davom ettiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting