locale OZ

«Manchester Siti» professional futboldan butunlay chetlatilishi mumkin — Ben Jeykobs

«Shaharliklar» 2009 yildan 2018 yilgacha APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.
«Manchester Siti» professional futboldan butunlay chetlatilishi mumkin — Ben Jeykobs
photo: gettyimages

«Manchester Siti» professional futboldan butunlay chetlatilishi mumkin — Ben Jeykobs

«Shaharliklar» 2009 yildan 2018 yilgacha APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda.

Angliyaning «Manchester Siti» klubi APL moliyaviy qoidalarini buzganligi to‘g‘risidagi ish doirasida juda jiddiy oqibatlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o‘zining YouTube kanalida ma’lum qildi.

«Agar «Manchester Siti» Premer-ligadan chetlashtirilsa, EFL hukm bilan tanishib chiqishni va birdamlik belgisi sifatida APL pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda, shuningdek, «Manchester Siti»ni o‘z musobaqalariga kiritmaslikka harakat qilmoqda.Eng yomon ssenariyda «Manchester Siti» umuman professional futboldan chetlatilishi xavfi mavjud. Ammo bu qonuniy imkoniyatlardan biri, shuning uchun jazo qanday bo‘lishi haqida taxmin qilish kerak emas», - dedi Jeykobs.

Eslatib o‘tamiz, EFL Angliyaning Premer-ligadan pastda joylashgan professional divizionlari - Chempionship, Liga 1 va Liga 2ni birlashtiradi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» 2009 yildan 2018 yilgacha APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Liga klubga qarshi 115 ta ayblovni ilgari surdi, xususan, moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etish, o‘yinchilar va murabbiylarga to‘lovlar, shuningdek, UYEFAning moliyaviy feyr-pley qoidalari va daromadlilik, barqaror rivojlanish talablariga rioya qilish bilan bog‘liq. Ishni mustaqil komissiya ko‘rib chiqmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting