locale OZ

«Manchester Siti» Pedru Netu uchun 82 million yevrolik transfer tayyorlamoqda

Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi.
«Manchester Siti» Pedru Netu uchun 82 million yevrolik transfer tayyorlamoqda
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" klubi "Chelsi" qanot hujumchisi Pedru Netuni o‘z safiga qo‘shib olish uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi 26 yoshli portugal vingerini taxminan 82 million yevroga baholagan.

Xabar qilinishicha, "Manchester Siti" Netu transferi uchun Italiya "Milan" klubi bilan raqobat qilmoqda. Milanliklar portugal futbolchisini jamoa yetakchilaridan biri Rafael Leauning ehtimoliy ketishi o‘rnini to‘ldiruvchi asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.

"Shaharliklar"ning ushbu transferga qiziqishi bosh murabbiy Enzo Mareskaning xohishi bilan yanada kuchaygan. Italiya mutaxassisi avvalroq "Chelsea"da ishlaganida Pedru Netu bilan hamkorlik qilgan va uning salohiyatini yaxshi biladi.

Pedru Netu o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 60 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting