locale OZ

“Manchester Siti” Pedro Netu uchun “Al-Hilol” bilan kurashadi

“Chelsi” o‘z futbolchisini taxminan 82 million yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Pedro Netu uchun “Al-Hilol” bilan kurashadi
Foto: Getty Images

“Chelsi” hujumchisi Pedro Netu yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchiga “Manchester Siti” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda.

“Manchester Siti” 26 yoshli Netuni “Tottenhem”ga o‘tishga yaqin turgan Savioning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Shu sabab “shaharliklar” portugaliyalik vinger transferini amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda.

“Chelsi” o‘z futbolchisini taxminan 82 million yevroga baholamoqda. Agar Netu “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tsa, u avval “Chelsi”da birga ishlagan Enzo Mareska bilan yana hamkorlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Pedro Netu 2025/26-yilgi mavsumda “Chelsi” safida barcha musobaqalar doirasida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting