«Manchester Siti» Palestarani sotib olishi mumkin
"Manchester Siti" Atalantaning o'ng qanot himoyachisi Marko Palestarani xarid qilmoqchi. "Shaharliklar" Italiya klubini kelishuvga ko'ndirishga harakat qilmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Manbaga ko'ra, “Manchester Siti" va Atalanta o'rtasida 21 yoshli futbolchi borasida muzokaralar allaqachon boshlangan. Ma'lum bo'lishicha, Italiya klubi kelishuv shartlarini muhokama qilishga ochiq va Palestina uchun 70 million yevro so'ramoqda. "Manchester Siti"ning dastlabki taklifi 50 million yevroni tashkil etgan, biroq tomonlar 60 million yevroga kelishib olishlari kutilmoqda, shundan so'ng transfer rasman tasdiqlanadi.
Joriy mavsumda Palestina ijara asosida “Kalyari” safida to'p surdi. U 37 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.