«Manchester Siti» Osiyo turnesi uchun tarkibni e'lon qildi
Abduqodir Husаnov ham Enzo Mareska tanlagan tarkibdan joy oldi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" klubi 2026 yilgi Osiyo turnesida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini rasman ma'lum qildi.
Jamoaning safar tarkibidan darvozabonlar Janluiji Donnarumma va Markus Bettinelli, himoyachilar Yoshko Gvardiol, Ryan Ait-Nuri, Abduqodir Husаnov hamda Rico Lyuis o'rin olgan.
Yarim himoya chizig'ida Fil Foden, Tijjani Reynders, Mateo Kovachich, Klaudio Echeverri, Savinyo va boshqa futbolchilar jamoaga yordam beradi.
Hujumchilar qatoriga esa Ryan Makeydu, Divin Mubama va Mamad Sangare kiritilgan.
Quvonarlisi, O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husаnov ham Enzo Mareska tanlagan tarkibdan joy oldi va "shaharliklar" bilan Osiyo turnesida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist