«Manchester Siti» olti o‘yinlik g‘alabali seriyasini takrorladi
Ular ajoyib seriyani namoyish etmoqda.
Фото: Getty Images
Angliya Premyer-ligasining 6-turida «Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. «Enfild» stadionida kechgan bahsda qo‘lga kiritilgan g‘alaba mankunianliklar uchun mavsum boshidan buyon ketma-ket oltinchisi bo‘ldi.
Qizig‘i, «shaharliklar» bunday natijaga yaqin o‘tmishda ham erishgan. 2023-yilda Xosep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa Premyer-liganing dastlabki olti uchrashuvida ketma-ket g‘alaba qozongan edi.
Biroq o‘shanda «Manchester Siti»ning g‘alabali seriyasi 7-turda uzilgan. «Vulverhempton» o‘z maydonida «shaharliklar»ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, ularning yurishini to‘xtatgandi.