«Manchester Siti» Olise uchun kurashga qo‘shildi
Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” vingeri Maykl Olise “Manchester Siti”ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, APLning yetakchi jamoalari fransiyalik 23 yoshli o‘yinchini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Lekin “shaharliklar” futbolchini osonlikcha sotib ololmaydi. Chunki “Bavariya” futbolchini muhim figura deb hisoblaydi va uni qo‘yib yubormoqchi emas.
“Siti” esa Olise transferini hal qilish uchun 100 million yevrodan ko‘p taklif qilishga tayyor.
Bu mavsumda u barcha turnirlarda 8 o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 4ta assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist