“Manchester Siti”, “Nyukasl” va “Aston Villa” Aleks Baenaga qiziqmoqda
“Manchester Siti”, “Nyukasl” va “Aston Villa” Madridning “Atletiko” klubi vingeri Aleks Baenaga qiziqish bildirmoqda. Caught Offside ma’lumotiga ko‘ra, APL vakillari 25 yoshli ispaniyalik futbolchining holatini kuzatib bormoqda.
Biroq “Atletiko” Baenani sotishni rejalashtirmayapti. Shu sabab futbolchining yanvar oyida klubini almashtirishi qiyin deb baholanmoqda. Shunga qaramay, ingliz klublari qishki transfer oynasida muzokaralar uchun imkoniyatni o‘rganib ko‘rishi mumkin.
Transfer yanvar oyida amalga oshmasa, APL klublari Baena uchun keyingi yozda yana harakat qilishi mumkin. Hozircha “Atletiko” futbolchini jamoaning muhim a’zolaridan biri sifatida saqlab qolmoqchi.
Ma’lumot uchun, Baena joriy mavsum La Ligada 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.