locale OZ

Manchester Siti Napolini ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi, Husanov maydonda to'liq harakat qildi

Konte shogirtlari 21-daqiqadan boshlab 1 kishi kam bo'lib harakatlanishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Manchester Siti Napolini ishonchli tarzda mag'lubiyatga uchratdi, Husanov maydonda to'liq harakat qildi
Photo: gettyimages

Yevropa chempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan Manchester Siti hamda Napoli jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yin Konte va Gvardiola o'rtasidagi o'ziga xos taktik qarama-qarshilik bo'lishi kutilgan edi, shunday ham bo'ldi. Konte shogirtlari 21-daqiqadan boshlab 1 kishi kam bo'lib harakatlanishdi. Manchester Siti Napolini ishonchli tarzda (2:0) mag'lubiyatga uchratdi, Husanov maydonda to'liq harakat qildi. Bellashuv taqdirini 2-taymda Holand va Doku tomonidan urilgan gollar hal qildi.

ChL. 1-tur.
«Man Siti» - «Napoli» 2:0
Gollar: Holand (56), Doku (65).
Man Siti – Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, O'Rayli, Rodri, Silva, Foden, Reynjers, Doku, Holand.
Napoli – Milinkovich-Savich, Di Lorenzo, Beukema, Buongiorno, Spinatsola, Lobotka, Politano, Anguissa, De Bryuyne, Maktominey, Hoylund.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting