«Manchester Siti» marokashlik 18 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda
Angliyaning "Manchester City" klubi Marokash terma jamoasining 18 yoshli yarim himoyachisi Ayub Buaddiga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining klubi — Fransiyaning "Lill" jamoasi bilan dastlabki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan.
Buaddi "Lill" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda markaziy yarim himoyachi Liga 1, UEFA Yevropa Ligasi va Fransiya Kubogida asosiy jamoa tarkibida 42 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu o‘yinlarda Buaddi bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Joriy yozda yarim himoyachi Marokash terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Dastlabki ikki turda Braziliyaga qarshi (1:1) va Shotlandiyaga qarshi (1:0) o‘yinlarda Buaddi 90 daqiqadan maydonda harakat qildi, uchinchi turda Gaitiga qarshi (4:2) bahsda esa zaxirada qoldi.