“Manchester Siti” Marmush transferidan qancha olishi ma’lum bo‘ldi
Marmush 2025-yil yanvarida “Ayntraxt”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi.
Foto: Getty Images
“Manchester Siti” hujumchisi Omar Marmushning “Tottenhem”ga transferidan ingliz klubi taxminan 60 million yevro olishi mumkin.
Marmush 2025-yil yanvarida “Ayntraxt”dan “Manchester Siti”ga o‘tgan edi. Uning transferi uchun nemis klubiga 75 million yevro kafolatlangan summa va yana 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi belgilangan.
Endi 27 yoshli misrlik futbolchi “Tottenhem”ga o‘tishi kutilmoqda. London klubi Marmush bilan birga “Manchester Siti”ning braziliyalik vingeri Savinyoni ham tarkibiga qo‘shmoqchi. Ikki futbolchining umumiy transfer qiymati 151 million yevro atrofida bo‘lishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Marmush 2025-yilda “Manchester Siti”ga kelganidan buyon jamoa safida 36 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist