locale OZ

“Manchester Siti” Malo Gyusto transferi bo‘yicha “Chelsi” bilan muzokaralarni qayta boshladi

Biroq transfer yo‘lidagi asosiy to‘siq “Chelsi” talab qilayotgan summa bo‘lib qolmoqda.
“Manchester Siti” Malo Gyusto transferi bo‘yicha “Chelsi” bilan muzokaralarni qayta boshladi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Chelsi”ning o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyustoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun yana harakat boshladi. TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” 23 yoshli fransiyalik futbolchi transferi bo‘yicha London klubi bilan muzokaralarni qayta tiklagan.

Gyustoning transferiga “Manchester Siti” bosh murabbiyi Enzo Mareska katta qiziqish bildirmoqda. Italiyalik mutaxassis futbolchi bilan avval “Chelsi”da birga ishlagan va uni o‘zining o‘yin uslubiga mos himoyachilardan biri deb hisoblaydi. Gyustoning o‘zi ham avvalroq Mareska bilan yana ishlash imkoniyatiga ijobiy qarayotgani haqida xabar berilgan edi.

Biroq transfer yo‘lidagi asosiy to‘siq “Chelsi” talab qilayotgan summa bo‘lib qolmoqda. Manbaga ko‘ra, London klubi Gyusto uchun taxminan 82 million yevro olishni istamoqda. “Manchester Siti” futbolchiga qiziqishni saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, tomonlar hozircha transfer narxi bo‘yicha kelishuvga erishmagan.

Ma’lumot uchun, Malo Gyusto 2025/26-yilgi mavsumda “Chelsi” safida barcha musobaqalar doirasida 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Fransiyalik himoyachi London klubiga 2023-yilda “Lion”dan qo‘shilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting