locale OZ

«Manchester Siti» Livramentoni sotib olmoqchi

Futbolchining o'zi ham klubni tark etishni istamayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
  «Manchester Siti» Livramentoni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" "Nyukasl"ning o'ng qanot himoyachisi Valentino Livramento bilan qiziqmoqda, ammo "Manchester Yunayted" va "Arsenal"ga raqobat qilishi mumkin, deb yozadi Caught Offside.

Manba bergan xabarga ko'ra, "so'saranglar" 23 yoshli futbolchini sotishni istamayapti. Futbolchining o'zi ham klubni tark etishni istamayapti. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" qishda Livramentoni sotib olishga harakat qilishi mumkin. Katta ehtimol bilan “Manchester Yunayted” va “Arsenal” yozda himoyachi uchun transfer taklifi bilan chiqishadi.

Joriy mavsumda Livramento barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor narxi 40 million yevro.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting