locale OZ

“Manchester Siti” Kodi Gakpo uchun kurashga qo‘shildi

“Liverpul” 27 yoshli futbolchisini taxminan 87,7 million yevroga baholayotgani aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Kodi Gakpo uchun kurashga qo‘shildi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” “Liverpul” hujumchisi Kodi Gakponi transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, “shaharliklar” niderlandiyalik futbolchi uchun kurashda “Tottenhem”ga raqobatchi bo‘lishi mumkin. London klubi ham anchadan buyon Gakponi o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda.

“Liverpul” 27 yoshli futbolchisini taxminan 87,7 million yevroga baholayotgani aytilmoqda. Transfermarkt esa Gakponing bozor qiymatini 60 million yevro deb ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun, Gakpo yangi APL mavsumida bir uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan. Uning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting