«Manchester Siti» klub tarixidagi rekord transferga yaqin turibdi
“Shaharliklar” Anderson bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
ФОТО: Getty images
Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotiga ko‘ra, “shaharliklar” “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.
Angliya klubi yaqin vaqt ichida bitimni yakunlash maqsadida 135–140 mln yevro miqdorida yangi taklif tayyorlamoqda.
Bundan avval “Siti” 23 yoshli xavbek uchun bonuslar bilan birga 106 mln yevro taklif qilgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, “Manchester Siti” Anderson bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Futbolchining o‘zi ham ushbu transferga qiziqmoqda va jamoaga tezroq qo‘shilishni istamoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Anderson barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.