«Manchester Siti» ketma-ket oltita o‘yinda g‘alaba qozondi
Jamoa hozirda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
«Manchester Siti» barcha musobaqalar doirasida ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Enso Mareska boshchiligidagi jamoa Angliya Liga kubogida «Norvich»ni 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Bunga qadar «shaharliklar» «Manchester Yunayted»ni 1:0, «Portu»ni 2:0, «Koventri»ni 1:0, «Kristal Pelas»ni 4:1 va «Bornmut»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.
«Manchester Siti» joriy mavsumdagi yagona mag‘lubiyatini Angliya Superkubogi bahsida «Arsenal»dan qabul qilib olgan — 0:3.
20-sentabr kuni «shaharliklar» Angliya Premyer-ligasi doirasida «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.