locale OZ

«Manchester Siti» Kayodega qiziqish bildirmoqda

Shuningdek, «MYU» va «Nyukasl» ham ushbu futbolchiga daʼvogarlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» Kayodega qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» yozgi transfer oynasi oldidan «Brentford» himoyachisi Mikael Kayodega bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda.

«Siti» rahbariyati 21 yoshli Kayodening joriy mavsumdagi o‘sishidan hayratda. Futbolchi Angliya Premyer-ligasida aynan autdan to‘pni o‘yinga kiritish bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislardan biri sifatida nom qozonishga ulgurdi. Manbaning ta’kidlashicha, Mikaelni sotib olish klub uchun ustuvor vazifa bo‘lib turibdi. Hatto bosh murabbiy Pep Gvardiolaning jamoani tark etishi haqidagi mish-mishlar ham bu rejaga ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq, agar mutaxassis klubda qoladigan bo‘lsa, «shaharliklar»ning ushbu transferni amalga oshirish imkoniyati yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

Bundan avvalroq «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» klublari ham Kayode uchun kurashga qo‘shilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. «Brentford» o‘z himoyachisini 50 million funt sterling (57,5 million yevro) evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Kayodening bozor qiymati 27 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting