locale OZ

«Manchester Siti» JCH-2026ga eng ko‘p futbolchi yuborgan klubga aylandi

Jami 19 futbolchi o'rin olgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» JCH-2026ga eng ko‘p futbolchi yuborgan klubga aylandi
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” 2026-yilgi jahon chempionatiga eng koʻp futbolchi yuborgan klubga aylandi. “Shaharliklar” tarkibidan turnirda 12 ta terma jamoa sharafini himoya qiluvchi 19 nafar futbolchi ishtirok etadi.

Jahon chempionatiga eng koʻp futbolchi yuborgan top-5 klublar quyidagicha koʻrinishga ega:

1. “Manchester Siti” — 19 futbolchi, 12 terma jamoa;
2. “Bavariya” — 18 futbolchi, 10 terma jamoa;
3. “Arsenal” — 16 futbolchi, 10 terma jamoa;
4. “PSJ” — 16 futbolchi, toʻqqizta terma jamoa;
5. “Barselona” — 15 futbolchi, sakkizta terma jamoa.

Madridning “Real” klubi toʻqqizta terma jamoaga 10 nafar futbolchi yuborib, 13-oʻrinni egalladi.

Futbol boʻyicha jahon chempionati 2026-yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar uch mamlakatda: AQSh, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi. Bu bir yoʻla uchta davlat mezbonlik qiladigan ilk chempionatdir. Umumiy hisobda 104 ta oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting