locale OZ

“Manchester Siti” Janubiy Koreyada ishonchli g‘alabaga erishdi

Seuldagi “Seoul World Cup” stadionida o‘tgan bahsda barcha gollar birinchi bo‘limda urildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Janubiy Koreyada ishonchli g‘alabaga erishdi
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” Janubiy Koreyada K-liga yulduzlaridan tuzilgan jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Seuldagi “Seoul World Cup” stadionida o‘tgan bahsda barcha gollar birinchi bo‘limda urildi. 9-daqiqada Rayan Ait-Nuri hisobni ochgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Kim Te Von muvozanatni tikladi.

Biroq “shaharliklar” tez orada yana ustunlikni qo‘lga kiritdi. 20-daqiqada Teyani Reynders, 23-daqiqada esa Divin Mubama gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Shu tariqa, “Manchester Siti” mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini ishonchli g‘alaba bilan yakunladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting