locale OZ

“Manchester Siti” ishonchli tarzda g’alaba qozondi, Husanovning yo’qligiga izoh berildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” ishonchli tarzda g’alaba qozondi, Husanovning yo’qligiga izoh berildi
Photo: Manchester City web site

Angliya primyer ligasining 30-turida “Manchester Siti” o’z uyida “Lester”ni qabul qildi.

To’qnashuvning ikkinchi daqiqasidayoq “Siti” futbolchisi Jek Grilish hisobni ochgan bo’lsa, birinchi bo’limning 29-daqiqasida Omar Marmush bahsdagi so’ngi hal qiluvchi golni kiritdi. Qarama-qarshilikning ikkinchi bo’limida hisob boshqa o’zgarmadi.

Ushbu o’yinda O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov qaydnomaga kiritilmadi. Vaziyatga “Shaharliklar” rasmiy sayti Abduqodirga yaxshiroq dam olib, o’zini tiklab olishi uchun qaydnomaga kiritilmadi deb izoh berdi.

Braziliyalik Savinyo uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U sofascore talqiniga ko’ra 8.4 ball to’pladi.

Quyida Sofacoreni ushbu bahs uchun futbolchilarga qo’ygan ballari bilan tanishasiz:

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting